» » Murod Aliyev “Bunyodkor” FK bosh direktori etib tayinlandi. Baxtiyor Boboyev ariza yozdi

Murod Aliyev “Bunyodkor” FK bosh direktori etib tayinlandi. Baxtiyor Boboyev ariza yozdi


Bir hafta ichida Toshkentning ikkinchi grand klubi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi. 26-aprel kuni “Paxtakor”ning yangi rahbariyati rasman tanishtirilgan bo‘lsa, 2-may kuni “Bunyodkor”ga yangi rahbarlar tayinlandi.

“Bunyodkor” matbuot xizmatining xabar berishicha, “O‘zTransGaz AK boshqaruv raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Ashurov klub prezidenti etib tayinlangan.

Shu kunga qadar “qaldirg‘ochlar” bosh direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan Baxtiyor Boboyev o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgan va ishdan bo‘shagan. Uning o‘rniga o‘z vaqtida Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan Murod Aliyev tayinlangan.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” Baxtiyor Boboyev rahbarligida ketma-ket uch yil davomida mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmadi. Shuning ikki yilida Oliy ligadagi eng past natijasini qayd etib, chempionatni 4-o‘rinda yakunladi.

“Bunyodkor”, shuningdek, Osiyo Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, ketma-ket uch yil guruh bosqichidan chiqa olmadi. Shuningdek, 17 o‘yinning 16 tasida raqiblarini mag‘lub eta olmagandi.

Опубликовано: admin (2-05-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют