» » Zinedin Zidan: Qo‘l ostimda shunday futbolchilar borligi — mening omadim

Zinedin Zidan: Qo‘l ostimda shunday futbolchilar borligi — mening omadim


“Real” va “Atletiko” o‘rtasidagi Madrid derbisidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Zinedin Zidan matbuot anjumanida shunday fikrlarni aytdi.

Uchta gol urish oson emasdi. Biz esa ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Endi safardagi gol qadri haqida ham unutmaymiz.

O‘yinning borishi haqida boshqa gapirmayman. Hammasini tablodagi hisob aytib turibdi. Aminmanki, safardagi o‘yin oson bo‘lmaydi.

Hozir o‘yinimizdan qoniqmoqdamiz, omadimizdan rohat olyapmiz. Ammo oldinda uzun yo‘limiz bor, yigitlar hozirdanoq o‘zlarini finalda ko‘rmoqdalar deb o‘ylamayman.

Krishtianu — tug‘ma to‘purar. U mukammal futbolchi. Biz nima qilishni bilardik va qanday istagan bo‘lsak, shunday o‘ynay oldik. Bugun Isko o‘ninchi nuqta vazifasini yaxshi bajardi va aytilgan topshiriqlarni uddaladi. Asensio va Lukas Vaskesdan ham xursandman. Nafaqat hujumda, balki himoyada ham qoyil qila olganimiz uchun men bugun hamma futbolchidan qoniqish hosil qildim deya olaman.

Biz o‘zimizning qurol bilan har qanday raqibni mag‘lub eta olamiz. O‘yinning dastlabki 30 daqiqasida ko‘rsatgan futbolimiz ham buni aytib turibdi.

Mana shunday futbolchilarim borligi — mening omadim. To‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan futbolchilarim bor ekan, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishdan va futboldan zavq olishdan charchamaymiz.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

“Real” va “Atletiko”ning La liga doirasida “Santyago Bernabeu”da kechgan o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgan, “Visente Kalderon”da esa “Qirollik klubi” Krishtianuning xet-trigi evaziga zafar quchgandi. Chempionlar ligasidagi birinchi o‘yinda “Atletiko” maydonidagi natija takrorlandi.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют