» » Yaxshi ot keyin chopdi. “Napoli” birinchi, “Real” ikkinchi bo‘limda o‘ynadi. Sarri hamda Zidan fikrlari

Yaxshi ot keyin chopdi. “Napoli” birinchi, “Real” ikkinchi bo‘limda o‘ynadi. Sarri hamda Zidan fikrlari


“Napoli” hamda “Real” klublari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mauritsio Sarri quyidagi fikrlarni bildirdi.

O‘yinning dastlabki 55 daqiqasini ajoyib o‘tkazdik. Uni shunday yakunlab qo‘yish uchun qo‘shimcha motivatsiya kerak edi. Biroq biz gol o‘tkazib yubordik. Shundan keyin navbatdagi bosqich masalasi yopiqligi ayon bo‘ldi. Biz esa o‘z futbolimizni o‘ynashdan to‘xtadik.

O‘yin ko‘rsatdiki, keyingi bosqichdan u qadar uzoqda emasdik. Chunki 55 daqiqa davomida Yevropaning eng kuchli jamoasidan ustun o‘ynadik. Agar o‘sishda davom etsak, bu kabi raqobatga bemalol ko‘nikib ketamiz.

Jamoamiz yosh bo‘lgani uchun ham bizni yorqin kelajak kutib turibdi deb ayta olaman. “Real” esa kuchli raqib. Bizga faqatgina omad kerak edi. Agar hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelganimizda, qo‘shimcha kuch paydo bo‘lardi.

O‘yin bizning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni oshiradi. Agar faqatgina natijaga ishonib qolmay, uchrashuvni tomosha qilsangiz, biz o‘zimiz uchun optimizm topa olishimga siz ham ishonasiz.

Mauritsio Sarri, “Napoli” bosh murabbiyi

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham Sarri aytgan fikrlarga qo‘shildi va birinchi bo‘lim katta qiyinchilikka duch kelganini tan oldi.

Birinchi bo‘lim qiynaldik, chidashimizga to‘g‘ri keldi. “Real” dastlabki daqiqalardanoq o‘z o‘yinini namoyish qila olmagan bo‘lsa, “Napoli” uchrashuv boshidanoq ustunlikni qo‘liga olgandi.

Biz baribir pressingga dosh berdik va gol urib oldik. Har doim ham ajoyib o‘ynashning imkoni yo‘q, o‘yinning yaxshi tomonlaridan esa foydalanish mumkin. Shundan kelib chiqib, ikkinchi bo‘limni a’lo darajada o‘tkazdik deb ayta olaman.

Bizga omad kulib boqdi demayman, futbolda bunday tushuncha yo‘q. Natija hammasini aytib turibdi. Qaysi bo‘lim qanday o‘tganidan qat’i nazar, biz o‘zimizni ko‘rsata oldik.

Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (8-03-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют