» » “Real Madrid” — “Napoli” 3:1. O‘yindan keyingi xulosalar haqida

“Real Madrid” — “Napoli” 3:1. O‘yindan keyingi xulosalar haqida


Chempionlar ligasining amaldagi chempioni hisoblangan Madridning “Real” klubi Yevropa taxti uchun navbatdagi kurashni davom ettirmoqda. Nimchorak finalda “Napoli”ni 3:1 hisobida taslim qilgan “Qirollik klubi” navbatdagi bosqich uchun birinchi qadamni tashladi.

Dunyoning eng kuchli klubi bilan o‘ynadik. Shu qadar ko‘p xato qilganimizdan afsusdaman. Uy uchrashuvida 2:0 hisobida zafar quchishga harakat qilamiz va bilamizki, bu borada “Real”ning fikri umuman boshqacha.

Eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilib, raqib bilan tengma-teng futbol ko‘rsatsak bo‘lardi, biroq maksimumimizni namoyish eta olmadik.

Bunday tipdagi jamoaga qarshi o‘ynash katta maktab. Yosh futbolchilarning o‘sishi uchun bu juda zarur. So‘nggi uch oy davomida “Real”ni kuzatishga harakat qildim, ular ajoyib formaga kirib olgandi.

Mauritsio Sarri, “Napoli” bosh murabbiyi

“Napoli” prezidenti yangi xarid qilingan futbolchilarga kam imkoniyat berilayotgani haqida gapirdi.

Besh yoki olti gol farqi bilan mag‘lub bo‘lmaganimizga ham shukr qilish kerak. Neapolda umuman boshqacha futbol bo‘ladi. Agar “Real” yana gol ura olsa, unda hammasi tamom.

Men murabbiy qarorlarini muhokama qilmayman. Uning fikrlari yoqmay qolgan taqdirida ham bu haqda hech kim bilmaydi. Muxlislar esa ahmoq emas. Agar sen mag‘lub bo‘lsang, bunday aybni kimga qo‘yish mumkin yoki yo‘qligi borasida qaror qabul qilishing kerak.

Jamoaning yangi futbolchilari nima sababdan mavsum so‘nggiga kelib o‘ynamayotganini tushunayotganim yo‘q. Agar buni vaqtida bilganimda, ular uchun sarf etilgan pullarni boshqa maqsadlarga yo‘naltirgan bo‘lardim.

Aurelio De Laurentis, “Napoli” prezidenti

Jamoani men shug‘ullantiraman va tarkibni ham o‘zim tanlayman. Prezident bu borada o‘z fikrini bildirishga haqli, biroq buni men bilan alohida suhbatda aytgani ma’qul. Shunda ham yakuniy qaror baribir o‘zimda qoladi.

Mauritsio Sarri, “Napoli” bosh murabbiyi

Futbol shunday narsa. Sen chiroyliroq va kuchliroq o‘ynashing, evaziga esa raqib gol urib ketishi mumkin. O‘tkazib yuborilgan gol rejalarimizga mos kelmasdi, shunga qaramay biz o‘yin nazoratini qo‘limizda ushlab turdik va hisobni tenglashtirdik.

O‘ylashimcha, o‘yin natijasi haqqoniy bo‘ldi. Biroq bu keyingi bosqich uchun yetarli emas.

Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

Chamasi 35 metrlar uzoqlikdan “Real” darvozasiga gol urgan italiyalik futbolchi “Qirollik klubi” statistikasiga kichik o‘zgartirish kiritdi. Chempionlar ligasining uy uchrashuvlarida Madrid klubi 2007-yil “Olimpiakos”dan 7-daqiqada gol o‘tkazib yuborgandi. Shundan keyin bu qadar tez fursatda “Real” darvozasiga yo‘l topish ilojsiz bo‘lib kelayotgandi. Insinye esa 8-daqiqaga keliboq o‘z nomini “Santyago Bernabeu” tablosiga yozdirib qo‘ydi.

“Real” jahon va Yevropa chempioni ekanini, La ligada peshqadam bo‘lib turganini hamma yaxshi bilardik. Shunga qaramay, biz yaxshi o‘ynadik.

Natija hafa qiladi, biroq kurashni javob o‘yinida davom ettiramiz. Bu hisob “Real” va bizning oramizdagi farqni ko‘rsatib berish uchungina xizmat qiladi.

Biz ko‘p xato qilganimiz uchungina jazolandik. O‘zimizga ishonishda esa davom etamiz.

Lorentso Insinye, “Napoli” a’zosi

Bugun jamoaga neapolcha ko‘tarinkilik yetishmadi. Faqatgina shu shahardan bo‘lgan Lorentso Insinyening o‘yini menga yoqdi, u ajoyib gol urdi.

Qolganlar esa maydonda yo‘qolib qoldi. Xuddiki “Real” yulduzlari ularni sehrlab qo‘ygandek. Natijada amalda hech narsa ko‘rsata olishmadi.

Aurelio De Laurentis, “Napoli” prezidenti

“Napoli” klubi tarixida muhim o‘rin tutadigan argentinalik futbol afsonasi “Real”ga qarshi bellashuv oldidan klub yechinish xonasiga tashrif buyurdi va futbolchilar bilan suhbatlashdi.

Maradona futbolchilar bilan yarim daqiqa gaplashdi. Uning kabi afsonalar futbolchilarga kuch bag‘ishlashi mumkin.

Mauritsio Sarri, “Napoli” bosh murabbiyi

“Napoli” darvozasiga birinchi golni urgan Karim Benzema Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli zarbalari sonini 51 taga yetkazib oldi va bu borada fransiyalik boshqa bir hujumchi Tyeri Anri ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketdi. Shu tariqa Benzema musobaqada eng ko‘p to‘p kiritgan fransiyalik futbolchiga aylandi.

Raqib murakkab ekani vajidan o‘yin qiyin kechishini bilgandik.

Mening golim? Men qandaydir yangilik qilishga tez-tez urinib turaman. Agar hujumga chiqishimga to‘g‘ri kelsa, jamoamga foyda keltirishga majburman.

Bizning juftlikda hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Bu hisob yetarli emas. Ahir “Napoli” kuchli raqib ekanini bugun ham ko‘rsata oldi.

Kazemiro, “Real” a’zosi

Опубликовано: admin (16-02-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют