» » Avtomobil o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, xaridor GM Uzbekistan’ning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin

Avtomobil o‘z vaqtida yetkazib berilmasa, xaridor GM Uzbekistan’ning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin


Avtomobil sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorga uni yetkazib berish muddati xaridor va diler o‘rtasida tuzilgan shartnomaning 3.1-bandiga asosan belgilanadi. Bu haqda GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida shu masalaga oid savolga berilgan javobda ma’lum qilingan.

Kompaniya xaridorlarni shartnomani imzolashdan avval undagi shartlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishga chaqirdi. Shartnomada to‘lov usuli, avtomobilni yetkazib berish muddati, tomonlarning huquqlari va burchlari ko‘rsatiladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatlar tasdiqlangan ishlab chiqarish rejasiga va chet eldan keltiriladigan butlovchi qismlar yetkazilish muddatlariga asoslanadi. Shuningdek, ko‘p holatlarda avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan muddatlardan avvalroq amalga oshirilishini qayd etib o‘tish lozim.

Tuzilgan shartnomaga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati buzilgan holatlarda, xaridor GM Uzbekistan AJning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (Call center) 141-77-77 telefon raqamiga yoki kompaniyaning 147-14-14 ishonch telefoniga murojaat qilish huquqiga ega.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют