» » Mirjalol Qosimov: Yoshlar ularga intilishi uchun tajribali futbolchilar kerak

Mirjalol Qosimov: Yoshlar ularga intilishi uchun tajribali futbolchilar kerak


“Bunyodkor”ning yangi bosh direktori Murod Aliyev va yangi bosh murabbiy Mirjalol Qosimov jurnalistlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Jamoaning so‘nggi vaqtlarda qayd etayotgan natijasi sabab o‘zgarishlar bo‘ldi. “Bunyodkor” musobaqa jadvalida qaysi pog‘onada turganini bilasiz. Shu bois Mirjalol Qosimovni klubga qaytardik. Uning oldiga “Bunyodkor”ni yana avvalgi holatiga qaytarish vazifasi qo‘yildi.

Klub ajoyib stadionga ega. Ammo so‘nggi yillarda tomoshabinlarning unga tashrifi kamayib ketdi. Boshqa viloyatlarda — Samarqand yoki Namangandagi o‘yinlarda stadionlar to‘lib toshadi. Biz ham yaqin vaqt ichida tomoshabinlarni stadionga qaytarish borasida ish boshlaymiz.

Murod Aliyev, “Bunyodkor” bosh direktori

Mirjalol Qosimov bunga qadar ham “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan. Klub o‘zining eng yuqori natijalariga aynan Qosimov bilan erishgan.

Jamoa menga begona emas, buni bilasiz. Sergey Lushchanga katta rahmat aytaman va hamkasbimga keyingi faoliyatida omad tilayman. Murabbiy qismati shunday. Ishonamanki, u akademiyada yaxshi ish olib boradi.

Futbolda g‘alaba ham, mag‘lubiyat ham bo‘lib turadi. Shunday og‘ir paytda jurnalistlardan yordam so‘rayman. Futbolchilar barchasini ko‘radi, o‘qiydi. Ularni qo‘llab-quvvatlab turish kerak.

Tarkibimizda ko‘p yoshlar bor, yaxshi futbolchilar bor. Ular bilan ishlaymiz. Ammo yoniga baribir tajribali futbolchilar kerak. Yoshlar kimgadir intilishi lozim. Davralar oralig‘ida transferlar amalga oshiramiz.

Mirjalol Qosimov, “Bunyodkor” bosh murabbiyi

Murod Aliyevning ma’lum qilishicha, Sergey Lushchanning keyingi taqdiriga uch kun ichida oydinlik kiritiladi. Aytilishicha, mutaxassisning klub bilan shartnomasi bor. Akademiyada katta o‘zgarishlar bo‘lishini inobatga olinib, unga qaysidir yosh toifasini berishlari ham mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют