» » Farg‘onada kogeneratsion gaz qurilmalarini tatbiq etish bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi

Farg‘onada kogeneratsion gaz qurilmalarini tatbiq etish bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi


Toshkent shahrida 16-aprel kuni “Farg‘ona IEM”da bitta 17 megavatt quvvatga ega bo‘lgan va Farg‘ona shahar qozonxonasi (RK-3)da bitta 7 megavatt quvvatga ega bo‘lgan yuqori samarali kogeneratsion gaz qurilmalarini tatbiq etish loyihasi bo‘yicha qurilish ishlarini boshlanishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “O‘zbekenergo” matbuot xizmati.

Tadbirda O‘zbekiston hukumati a’zolari, “O‘zbekenergo” rahbariyati, Yaponiyaning NEDO tashkiloti, Kawasaki Heavy Industries va Marubeni Utilite Services kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

2016-yilda Yaponiyaning NEDO tashkiloti tomonidan yuqoridagi loyihani amalga oshirilishi bo‘yicha O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi kelishuv memorandumi hamda Kawasaki Heavy Industries va Marubeni Utilite Services kompaniyalari bilan “O‘zbekenergo” o‘rtasida kelishuv bitimi imzolangan edi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi “‘Farg‘ona IEM’ AJ va Farg‘ona shahar qozonxonasi (RK-3)da yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina texnologiyasini tatbiq etish’ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha amalga oshirilgandan so‘ng quyidagi qo‘shimcha natijalarga erishish ko‘zda tutilgan:

Loyiha “O‘zbekenergo”ning o‘z mablag‘lari va Yaponiyaning yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti — NEDO’ning grant mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют