» » Donald Tramp terrorizmga qarshi kurashning yangi strategiyasini taqdim etdi

Donald Tramp terrorizmga qarshi kurashning yangi strategiyasini taqdim etdi


Yangi antiterroristik strategiya doirasida AQSh ittifoqdoshlaridan ko‘proq harakat qilishlarini talab etish niyatida. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Kommersant xabar berdi.

“11 varoqlik hujjatda AQSh qimmatga tushishi mumkin bo‘lgan harbiy majburiyatlardan qochishi kerak deyilgan”, — deb strategiya loyihasidan parcha keltiradi agentlik.

Vashingtonning rejasiga ko‘ra, xalqaro terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash operatsiyalari yanada shiddat bilan davom etishi kerak. Biroq bunday vaziyatda AQSh “qon va pul” bilan to‘layotgan mablag‘larni kamaytirishi lozim.

“AQSh ma’muriyati milliy xavfsizlik strategiyasi, jumladan, terrorizmga qarshi kurash missiyasini qayta baholashni amalga oshirmoqda”, — dedi Oq uy milliy xavfsizlik kengashining rasmiy vakili Maykl Enton.

Eslatib o‘tamiz, xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida NATOning yevropalik a’zolari blokning xavfsizligini ta’minlash uchun sarf-xarajatlar faqatgina AQShning zimmasiga tushmasligi uchun o‘zlarining harbiy xarajatlarini oshirishga va’da bergan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют