» » Toshkentliklar shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin

Toshkentliklar shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahri yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan konsepsiyasini ishlab chiqmoqda.

“Toshkent shahri yo‘lovchi tashish transporti majmuasini rivojlantirishda birinchi navbatda yo‘lovchilarga qullayliklar yaratish asosiy e’tiborga olinganidan kelib chiqib, yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar, takliflaringizni kiritishni so‘raymiz, shuningdek, xorijiy mutaxassislarning shahar yo‘lovchi tashish transportini boshqarish istiqbollari haqida tajribalarini bildirishlarini istar edik”, — deyiladi kompaniya murojaatida.

“Muhtaram yo‘lovchilarimizdan avtobusda, metroda va yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchi tashish sohasiga oid innovatsion takliflarni kutib qolamiz. Sizning takliflaringiz shahar yo‘lovchi tashish transportini rivojlantirish konsepsiyasining ishlab chiqishda e’tiborga olinadi va ba’zilarining joriy etilishi jonajon shahrimiz jamoat transportidagi safarlarimiz davomida barchamizni quvontirishi shubhasiz”, — deya qayd etilgan murojaatda.

Takliflarni 2017-yil 10-iyunga qadar concept@tshtx.uz elektron pochta manziliga yuborish mumkin (xatda F.I.Sh. va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilishi kerak).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют