» » AQSh koinot samolyoti orbitadagi maxfiy missiyasini yakunladi (video)

AQSh koinot samolyoti orbitadagi maxfiy missiyasini yakunladi (video)


Salkam 2 yil davomida koinotda maxfiy missiya bilan bo‘lgan AQShning X-37B Orbital Test Vehicle-4 orbital sinov samolyoti Kanaveral burniga qo‘ndi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlarining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“AQSh harbiy-havo kuchlarining X-37B OTV-4 samolyoti orbitadan qaytdi va Kennedi koinot markaziga eson-omon qo‘ndi. X-37 koinotda 700 kundan ortiqroq bo‘ldi”, — deyiladi Twitter’da joylashtirilgan xabarda.

Pentagon oldinroq X-37B OTV-4 bazasida ionli dvigatel ishlab chiqarish dasturi bo‘yicha tajribalar o‘tkazish va materiallarning koinotda o‘zgarishini tadqiq etish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi. Amerika mini-shattlining to‘liq vazifalari oshkor etilmagan.

Ekspertlarga ko‘ra, havo kemasi koinotdagi tutuvchi qurilma yoki josus –samolyotning dastlabki namunasi bo‘lishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют