» » Toshkent viloyatida nosoz yo‘l sabab yosh bola hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi

Toshkent viloyatida nosoz yo‘l sabab yosh bola hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi


Toshkent viloyati Qibray tumani “Chingeldi” mahallasi yo‘llari nosozligi bois ko‘plab yo‘l-transport hodisalari ro‘y berayotgani, shulardan birida yosh bola nobud bo‘lgani haqida “Darakchi” nashri ma’lum qildi, deb yozadi “1news.uz”.

“2015-yilda asfalt yotqizamiz degan va’da bilan kavlab ketilgan yo‘l hamon abgor ahvolda qolmoqda. Shuningdek, fuqarolar murojaatidan ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani “Damariq” mahallasi yo‘llari 30 yildan buyon asfaltlanmagan”, – deyiladi xabarda.

“Andijon viloyati Paxtaobod tumani Qashqir massividagi yangi namunali uylar qurilgan ko‘chalar xarob ahvolda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy shahri Xoncharbog‘ ko‘chasi yo‘llari yog‘in-sochin payti botqoqlikka o‘xshab qoladi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani markaziy yo‘li o‘ta ta’mirtalab ahvolda”, – deb ta’kidlanmoqda “1news.uz” xabarida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют