» » Vobkentda go‘sht, sut va terini qayta ishlash bo‘yicha birorta ham korxona mavjud emasligi tanqid qilindi

Vobkentda go‘sht, sut va terini qayta ishlash bo‘yicha birorta ham korxona mavjud emasligi tanqid qilindi


Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi islohotlarni o‘rgangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarining sessiyasida hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida jiddiy kamchiliklar mavjudligi qayd etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Masalan, bugungi kunda faoliyat yuritmayotgan fermer xo‘jaliklarini tugatish yoki ishini tiklash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmagan. Tumanda go‘sht, sut va terini qayta ishlash bo‘yicha birorta ham korxona tashkil etilmagan. Holbuki, hududda yetarli xomashyo mavjud.

Ayrim kasb-hunar kollejlarida bitiruvchilar bandligini ta’minlashga yuzaki yondashilgan. Umuman, ijtimoiy sohalarda yechimini kutayotgan muammolar oz emas. Masalan, qurilish va transport kasb-hunar kolleji hanuzgacha lingafon sinflari, 3-umumta’lim maktabining kimyo, fizika sinflari zarur laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanmagan. 5-umumta’lim maktabining kompyuter sinfida ham shunday muammo bor.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashning ahvoli ham ko‘ngildagidek emasligiga alohida e’tibor qaratildi. “Suvoqova” korxonasi tuman bo‘limiga tegishli “Markaz” va “Narchoq” suv quvurlari tizimi ta’mirtalabligi sabab faoliyat ko‘rsatmayapti. Umuman, filial tasarrufidagi jami uzunligi 226 kilometrlik quvurlarning 65 kilometri shunday holatda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют