» » Tramp NATOning Bryusseldagi sammitiga ming kishilik delegatsiya bilan keladi

Tramp NATOning Bryusseldagi sammitiga ming kishilik delegatsiya bilan keladi


AQSh prezidenti Donald Trampning 25-may kuni NATOning Bryusseldagi sammitiga ilk tashrifi ikki kunlik bo‘lib, uning delegatsiyasi tarkibiga mingga yaqin odam kiradi. Bu haqda hukumat manbasiga tayanib, La Derniere Neure gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

“AQSh prezidenti Belgiya poytaxtiga 24-may kuni kechqurun yetib keladi va The Hotel mehmonxonasiga yo‘l oladi. Prezident 25-may kuni Saroyda qirol huzuriga tashrif buyuradi va Sharl Mishel (bosh vazir) bilan uchrashadi. Shundan so‘ng NATO sammiti doirasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilgan. 25-may kuni kechqurun uning samolyoti Sitsiliyaga yo‘l oladi (u yerda ‘yettilik’ sammiti bo‘lib o‘tadi). Amerika delegatsiyasi tarkibiga mingga yaqin odam kiradi”, — deya xabar beradi nashr.

Yevropa Ittifoqi institutining ma’lum qilishicha, Trampning Yevropa Ittifoqi raisi Donald Tusk va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker bilan uchrashishi belgilangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют