» » Donald Tusk: Yevropa Ittifoqi yo birdam bo‘ladi, yoki umuman bo‘lmaydi

Donald Tusk: Yevropa Ittifoqi yo birdam bo‘ladi, yoki umuman bo‘lmaydi


Yevropa Kengashi raisi Donald Tuskning aytishicha, Yevropa Ittifoqi yoki birdam bo‘ladi, yoki umuman bo‘lmaydi.

Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi faqat birlashgan holdagina jahon maydonida mustaqil fikr bildira oladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

“Aytingchi, nega bugun biz ittifoqning maqsadiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishimiz kerak? Bu bizning haqiqatimizga aylanib ketgani uchunmi, yoki bundan zerikkanimiz, charchaganimiz uchunmi? Biz birdam bo‘lamiz, yoki biz umuman bo‘lmaymiz. Faqatgina birlashgan Yevropa dunyoning boshqa mamlakatlari bilan mustaqil munosabat o‘rnata oladi”, — deya ta’kidladi Tusk.

Shuningdek, Tusk umrining yarmidan ko‘pini “temir parda” ortida o‘tkazganini eslatib o‘tdi. “Bu ikki xil tezlikda harakat qilayotgan Yevropa edi”, — deya qo‘shimcha qildi u, Yevropa mamlakatlarining yarmi o‘z vaqtida kommunistik bayroq ostida hayot kechirganini yodga olib.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют