» » O‘zbekistonda qishloq joylardagi tibbiyot xodimlari reyting tizimida baholash asosida moddiy rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda qishloq joylardagi tibbiyot xodimlari reyting tizimida baholash asosida moddiy rag‘batlantiriladi


O‘zbekistonda qishloq joylarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma’lum qildi.

Vazirlik axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, hozirgacha Qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari patronaj hamshiralarining yo‘l haqi kompensatsiyasini belgilash va to‘lab berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda shu yilning 1-oktabridan boshlab, kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari faoliyatini reyting tizimida baholash asosida tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgan bo‘lib, hujjatlar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik shifokorlar avvallari qariyb 100 tagacha jurnal to‘ldirardi. Endi atigi 20 ta jurnal to‘ldiradi

Avvalroq tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritiladigan jurnallar ro‘yxati keskin qisqartirilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu masalaga to‘xtalar ekan, sog‘liqni saqlash vaziri: “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritiladigan jurnallar ro‘yxati qariyb 100 tadan 20 tagacha qisqartirilgani hamshiralik faoliyati samaradorligini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir”, — dedi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют