» » Rossiya kompaniyasi AQShga 6 mln dollar to‘laydi

Rossiya kompaniyasi AQShga 6 mln dollar to‘laydi


Rossiyaga tegishli kompaniyalar guruhi AQSh hukumatiga 6 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi. Guruh soliq qallobligi va pul yuvishda ayblanmoqda, deb xabar beradi Forum Daily.

Ish sudga oshirilishidan bir necha kun muqaddam kompaniya hukumat bilan kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi. Nyu-Yorkda federal prokurorlar 12-may kuni Prevezon Holdings egasi, rossiyalik biznesmen Denis Katsiv bilan kelishuvga erishilganini bildirdi.

Bahsni bartaraf qilish bo‘yicha kelishuvga binoan, xoldingga tegishli birorta kompaniya ham qoidabuzarlik qilmagan.

Xoldingga qarshi ish qariyb to‘rt yil muqaddam boshlangan edi. Prokurorlar Prevezon’ning 20 million dollarlik aktivlari va ko‘chmas mulklarini tortib olmoqchi bo‘ldi, negaki bu mablag‘lar noqonuniy pullarni legallashtirish hisobiga ishlab topilgan deb hisoblangan edi. Noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘larning umumiy miqdori 230 million dollarni tashkil etishi ma’lum qilingan edi. 15-may kuni Prevezon ishi bo‘yicha birinchi eshituvlar o‘tishi kerak edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют