» » Akademik Edvard Rtveladzega 75 yillik tavallud kunida “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi

Akademik Edvard Rtveladzega 75 yillik tavallud kunida “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi


14-may kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasida yirik tarixchi-arxeolog olim, akademik Edvard Rtveladze tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan marosim bo‘llib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, Fanlar akademiyasi a’zolari, mahalliy va xorijlik olimlar, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 10-maydagi farmoni bilan ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishdagi munosib hissasi, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun O‘zFA San’atshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i, akademik Edvard Rtveladze “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov yuksak davlat mukofotini E.Rtveladzega tantanali ravishda topshirdi.

Edvard Rtveladze 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir. Besh yuzdan ziyod ilmiy maqolasi O‘zbekiston, Rossiya, Italiya, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.

Akademik mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ham faol ishtirok etib kelmoqda. Oliy Majlis Senati (2010—2015-yillar), O‘zFA prezidiumi, ko‘plab davlat va jamoat tashkilotlarining a’zosi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Olimning mehnatlari mustaqillik yillarida munosib qadr topmoqda. Birinchi Prezidentimiz farmonlariga ko‘ra E.Rtveladzega “Buyuk xizmatlari uchun” (2001-y.), “Mehnat shuhrati” (2003-y.) ordenlari, Fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti (2007-y.) berilgan.

– Umrimning asosiy qismi o‘zbek qishloqlarida, ko‘p yillik tarix tilsimlarini bag‘rida saqlab kelgan tepaliklarda o‘tayotganidan mamnunman, – deydi akademik Edvard Rtveladze. – O‘zbekiston – insoniyat sivilizatsiyasi beshiklaridan biri. Bu zaminning buyuk tarixi insoniyat qay tariqa taraqqiyotga erishganining o‘ziga xos bir isbotidir. Shunday tabarruk yoshda el-yurt e’zozida yurish – katta baxt. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga ilm-fan rivojiga, akademiklarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratayotgan yuksak g‘amxo‘rligi, kamtarin mehnatlarimni yuqori baholab, Vatanimizning yuksak mukofoti – “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlagani uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют