» » Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida nutq so‘zladi


Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” forumi 15-mayda o‘z ishini davom ettirdi. Forumda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbari mazkur forumning ahamiyati, uni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Mustaqillik yillarida mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati misli ko‘rilmagan darajada yuksaldi. O‘zbekistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy asos yaratilganidan dalolat beradi. Xorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish yuritishi uchun keng qulayliklar yaratilgan. Bunday imtiyoz va imkoniyatlar xorijliklarning O‘zbekistonga qiziqishini tobora oshirmoqda.

Qadimda  turli mintaqalarning o‘zaro aloqasida Buyuk ipak yo‘lining roli beqiyos bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit’alar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari tarqalishida, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajargan va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Bugun bu yo‘lning qayta tiklanishi deb baholanayotgan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo va investitsiya sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniyat sohalarida hamkorlik salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.

“Bir makon, bir yo‘l” loyihasi rivojlangan davlatlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish,  rivojlanayotgan, iqtisodi taraqqiyot bosqichida bo‘lgan mamlakatlarga yordam berishni ham nazarda tutadi.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay geografik joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi ko‘plab davlatlar ishbilarmonlarining hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-05-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют