» » Foto: Venetsiya kanalidagi ulkan qo‘llar

Foto: Venetsiya kanalidagi ulkan qo‘llar


Italiyalik ijodkor Lorenso Kuinn kanal ichidan chiqib Ca’Sagredo tarixiy binosini ushlab turgan ikkita ulkan qo‘ldan iborat haykalining ochilish marosimini Venetsiya biennalesiga topshirdi, deb xabar berdi TJournal.

Ijodkor bu orqali odamlarga kech bo‘lmasidan global isishga o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak ekanligini ifodalagan. Bundan tashqari u Venetsiyaning suv ostida qolishi mumkinligi haqidagi muammoga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan.

Haykaltaroshning fikricha, qo‘llar insonning ikki — ijodiy va buzg‘unchi tomonini ifodalashi lozim, haykal bir vaqtning o‘zida ham umidni ham qo‘rquvni bildiradi.

“Men inson tanasining eng murakkab texnik qismini yasashni istadim. Qo‘l — sevgi, nafrat, ijodkorlik va vayronkorlik kuchlari kabi hokimiyatga ega”, — dedi Lorenso Kuinn.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют