» » AQShning BMTdagi doimiy vakili Rossiyani “Bashar Asad tuzumi yovuzliklari”ni tan olishga chaqirdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Rossiyani “Bashar Asad tuzumi yovuzliklari”ni tan olishga chaqirdi


AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Rossiyani Suriya prezidenti “Bashar Asad tuzumi yovuzliklari”ni tan olishga chaqirdi. Bu haqda uning vakillik saytida e’lon qilingan bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.

Hujjatda AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan va “Asad tuzumi mamlakat aholisini doimiy ravishda terror qilib kelayotgani yaqqol ko‘rsatilgan” Suriyadagi yovuzliklar bo‘yicha hisobot haqida so‘z ketadi.

Suriya prezidenti mazkur shafqatsizliklar uchun asosiy aybdor sanaladi, biroq uning ittifoqdoshlari — Rossiya va Eronga ham katta mas’uliyat yuklanadi.

Xeyliga ko‘ra, “Moskva va Tehron Asad tuzumi odam o‘g‘irlash, qiynoqqa solish, sud qarorisiz hukmlarni ijro etish, aviazarbalar, kimyoviy hujumlarni amalga oshirishiga imkon yaratib bermoqda”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют