» » Toshkent avtobuslariga oylik yo‘l chiptasi xarid qilganlar Captiva mashinasi yoki 2 xonali xonadon yutib olishi mumkin

Toshkent avtobuslariga oylik yo‘l chiptasi xarid qilganlar Captiva mashinasi yoki 2 xonali xonadon yutib olishi mumkin


“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X. Xalmatov 13–14-may kunlari poytaxt avtobus parklari rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida oylik yo‘l chiptalarining mashhurligini oshirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab berdi. Endilikda oylik yo‘l chiptasi xaridorlari ko‘plab yutuqlarga, jumladan, Captiva avtomobili va ikki xonali xonadonga ega bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi AJ matbuot xizmati.

X. Xalmatov boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari M. Valiyevga va “Toshyo‘lovchitransxizmat” UK direktori A. Kadirovga tegishli idoralar bilan kelishgan holda va qonun doirasida yo‘lovchilarning oylik yo‘l chiptasidan foydalanishlarini ommalashtirish, oylik yo‘l chiptalarining sotilishini ko‘paytirish maqsadida 10 minginchi oylik yo‘l chiptasi egasiga mikroto‘lqinli pech, 30 minginchiga — televizor, 50 minginchiga — muzlatgich, 100 minginchiga — Matiz, 150 minginchiga — Nexia-3, 200 minginchiga — Malibu, 300 minginchiga — Captiva avtomobillari, 500 minginchiga — ko‘p qavatli uylardan ikki xonali xonadon yutuq sifatida berilishi bo‘yicha taklif ishlab chiqishni topshirdi. Bu esa aholini moddiy rag‘batlantirishga jamiyatning hissasi ham qo‘shilishini, ularni shahar yo‘lovchi transportidan foydalanishga yanada undashini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют