» » Niderlandiya qiroli 20 yildan ziyod yashirincha uchuvchilik qilgan. Yo‘lovchilar uni tanimagan

Niderlandiya qiroli 20 yildan ziyod yashirincha uchuvchilik qilgan. Yo‘lovchilar uni tanimagan


Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr 21 yil davomida KLM aviakompaniyasi fuqarolik reyslarida uchuvchi bo‘lib ishlagan. Yo‘lovchilar bu haqda bilmagan. Bu haqda u Telegraaf gazetasiga bergan intervyusida aytib berdi, deb yozadi “Rtvi.com”.

Villem-Aleksandr oyiga ikki marta ikkinchi uchuvchi bo‘lib ishlagan, shuningdek, Fokker kompaniyasining kichik yo‘lovchi samolyotlarini boshqargan. U 2013-yilda taxtga o‘tirganidan keyin ham uchuvchilik qilishda davom etdi.

Qirolning so‘zlariga ko‘ra, u samolyotda baland ovozli aloqa orqali hech qachon o‘zini yo‘lovchilarga tanishtirmagan, ammo ba’zilar uni ovozidan tanib qolgan. Sayohatchilarning ko‘pchiligi ularning qarshisida qirol turganini fahmlamagan, chunki u doimo KLM furajkasini kiyib yurgan.

Bu yil KLM Fokker samolyotlarini Boeing 737’ga almashtirishga qaror qildi. Uchuvchilik karyerasini to‘xtatmaslik uchun Villem-Aleksandr Boeing 737 kabi katta yo‘lovchi samolyotlarini boshqarishni qaytadan o‘rganmoqchi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют