» » Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?

Limon qo‘shilgan iliq suvning foydasi nimada?


Parhezshunoslar ertalab bir piyola limonli iliq suv ichishni tavsiya qiladi. Bu nima uchun kerak? Biz bu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Uyqudan uyg‘onganingizda organizm hali yangi kunga tayyor holda bo‘lmaydi. Uni asta uyg‘otish uchun hazm qilish tizimini jonlantirish lozim bo‘ladi. Iliq suv bilan limon sharbati kislotasi ichaklarning to‘lqinli harakatini kuchaytiradi. Bu esa organizmni ichkaridan tozalashga – detoks o‘tkazishga imkon beradi va miyaga uyg‘onish vaqti kelgani haqida xabar beradi.

Limon C vitaminiga boy ekanligini hammamiz bilamiz. U organizmni viruslar va shamollashlardan himoya qiladi. Kasallikni yengishga yordam beruvchi tabiiy qo‘shimcha – ajoyib g‘oya.

Och qoringa ichilgan suv terini yetarlicha namlantirishga va faol tutishga yordam beradi. Limon sharbati tarkibidagi C vitamini toshmalarni kamaytiradi va bo‘jamalar izini yo‘qotadi. Shuningdek bu ichimlik ichaklarni tozalaydi, yuz terisi rangini yaxshilaydi.

Limonli suv organizmdan hamma ortiqcha suyuqliklarni chiqaradi. Ayniqsa buni tongda bajarish juda foydali – bu o‘zingizni yengil sezishga va kun davomida ishlaringiz serunum bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, och qoringa ichilgan nordonlashtirilgan suyuqlik metabolizmni tezlashtiradi, bu esa o‘z navbatida hech qanday qiyinchiliklarsiz tez ozishga yordam beradi. Bundan tashqari ko‘p miqdordagi suv ochlikni pasaytiradi, nonushta uchun suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqaning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Saraton kasalliklari organizmda kislotalilikning keskin oshishi oqibatida paydo bo‘ladi. Limonli suv kislota ta’sirini kamaytiruvchi ishqor hisoblanadi. Shuning uchun bu ichimlikdan och qoringa bir piyola ichish juda foydalidir. Bundan tashqari limonli suv me’da qaynashidan aziyat chekuvchilarga ham tavsiya qilinadi.

Manba: “Zdorovie.com”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют