» » Chirchiq daryosida suv sathi ko‘tarilishi Quyi Chirchiq tumanidagi xonadonlarda suv toshishiga olib keldi

Chirchiq daryosida suv sathi ko‘tarilishi Quyi Chirchiq tumanidagi xonadonlarda suv toshishiga olib keldi


Chorvoq suv omboridan 18-may kuni soat 17:40 da soniyasiga 800 kub metr suv chiqishi Chirchiq daryosida suv sathi ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Soat 23:30 da Chirchiq daryosining Quyi Chirchiq tumani hududining chap qirg‘og‘ida qirg‘oqlar yemirilishi va qisman qirg‘oqlarga suv chiqishi kuzatildi.

Buning oqibatida Abay qishlog‘ining “Tojik ovul” mahallasidagi 132 nafar fuqaro yashovchi 28 xonadonida suv bosish xavfini keltirib chiqardi.

Shuningdek, Yangi hayot qishlog‘ining “Oxunboboyev” aholi punktidagi 8 xonadon hovlisiga suv kirgan, ammo asosiy yashash uylariga zarar yetmadi.

Voqea sodir bo‘lgan joyda Favqulodda vaziyatlar, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zgidromet”, “O‘zavtoyo‘l”, IIB xodimlaridan iborat tezkor shtab tashkil qilindi.

50 nafar ishchi xodim, 7 ta yuk mashinasi, 3 ta pogruzchik, 1 ta avtokran, 1 ta buldozer jalb qilinib, qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari olib borildi.

Natijada “Tojik ovul” mahallasi va “Oxunboboyev” aholi punkti hududlariga suv toshqini xavfi bartaraf etildi. Chirchiq daryosidagi oqayotgan suv hajmi 100 kub metr/soniyagacha kamaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют