» » Oylik yo‘l chiptasi evaziga uy yutib olish va avtobuslarning yarim tungacha yurishini ta’minlashni taklif qilgan “Toshshahartransxizmat” rahbari ishdan olindi

Oylik yo‘l chiptasi evaziga uy yutib olish va avtobuslarning yarim tungacha yurishini ta’minlashni taklif qilgan “Toshshahartransxizmat” rahbari ishdan olindi


Toshkent shahar hokimining 12-maydagi qarori bilan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Mirhosil Xolmatov 19-may kuni vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar qilishicha, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida boshqaruv raisi v.b. ko‘pgina topshiriqlarni xodimlarning lavozim yo‘riqnomalarida belgilangan vazifalar bo‘yicha emas, balki o‘zining subyektiv qarashlaridan kelib chiqib bergan. Shuningdek, o‘tkazilgan yig‘ilishlarda qisqa vaqt (10 kun) ichida yo‘lovchi tashish transporti faoliyatini tubdan o‘zgartirish yuzasidan, jumladan, oylik yo‘l chiptalari bo‘yicha qimmatbaho sovrinlar berilishi kabi “yuzaki o‘ylangan, chuqur tahlillarga asoslanmagan holda” vazifalar berilgan.

Bundan tashqari, Xolmatov avtobuslar ertalab soat 04:30 dan boshlab soat 00:00 gacha ishlashini ta’minlash tashabbusi bilan chiqqan edi.

Shu bilan birga, Mirhosil Xolmatov tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mohira Valiyevani egallab turgan vazifasidan ozod etish taklifi rahbariyat tomonidan rad etildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют