» » Volga daryosi tubidan 11 yil muqaddam yo‘qolgan juftlikning tanalari topildi

Volga daryosi tubidan 11 yil muqaddam yo‘qolgan juftlikning tanalari topildi


Rossiyaning Chuvashiya respublikasida 2006-yil dekabrida bedarak yo‘qolgan juftlikning tanalari Volga daryosi tubidan topildi. Bu haqda, mahalliy huquq-tartibot organlariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“‘VAZ-21099’ avtomobili 2006-yil 7-dekabrida yo‘qolgan edi, uning salonida 25 yoshli Ilya Jirnov va 22 yoshli Kira Cherkasova bor edi. Shu paytga qadar ular qayerda ekanligi noma’lum edi”, — deyiladi xabarnomada.

Avtomobil mahalliy baliqchi tomonidan tasodifan aniqlandi. Keyinroq politsiyachilar favqulodda xizmatlar bilan hamkorlikda avtmobilni suvdan chiqarib oldi va u yerda ikki yosh insonning jasadini topdi.

Mashina ichidagi hujjatlar jasadlar kimga tegishli ekanligini tezda aniqlash imkonini berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют