» » Qizi uchun dabdabali to‘y uyushtirgan sudya Yelena Xaxaleva jinoiy olam bilan aloqadorlikda gumon qilindi

Qizi uchun dabdabali to‘y uyushtirgan sudya Yelena Xaxaleva jinoiy olam bilan aloqadorlikda gumon qilindi


Qizi uchun dabdabali to‘y uyushtirganidan keyin mashhur bo‘lib ketgan sudya Yelena Xaxaleva jinoiy olam bilan aloqadorlikda gumon qilindi, deb yozadi “Exo Moskvi”. Bunga uning yoshlikda tushgan suratlari sabab bo‘ldi.

90-yillar o‘rtalarida olingan, jinoiy muhitda tanilgan Petso laqabli Revaz Buxnikashvili aks etgan fotosuratda Yelena Xaxalevani ham tanib qolishdi. Arxiv kadrlar yopiq Telegram-kanallarda paydo bo‘ldi. Petso Xaxaleva va uning turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratni ochiq manbalardan topish mumkin.

“Bloknot. Krasnodar” portali avvalroq Buxnikashvili bilan 1997-yilda o‘tkazilgan so‘roq yozuvini e’lon qilgan edi. U yerda u tergovchiga Krasnodarda Lena Xaxaleva ismli qarindoshinikida yashashini aytgan.

Jinoiy olamda obro‘-e’tibor qozongan Buxnikashvili tez orada ozodlikka chiqishi istisno qilinmayapti. Uni sog‘lig‘i tufayli muddatidan avval ozod etish to‘g‘risidagi apellyatsiya 1-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.

Yelena Xaxaleva qizining to‘yiga 2 million dollar sarflagani haqida xabarlar tarqalgach, uning tarjimai holi diqqat bilan o‘rganilishni boshladi. Keyinroq e’lon qilingan izohlarda to‘y bunchalik qimmatga tushmagani va uni sudyaning sobiq eri to‘lagani aytildi.

Yelena Xaxalevaning o‘zi jinoiy avtoritet bilan aloqadorligi haqidagi gumonlarga izoh berganicha yo‘q.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют