» » Turkiya davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda ayblanayotgan BMT sudyasini ozod qilishdan bosh tortdi

Turkiya davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda ayblanayotgan BMT sudyasini ozod qilishdan bosh tortdi


Turkiya Ruanda va sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Jinoiy tribunallar uchun xalqaro mexanizm (JTXM)ning 2016-yil sentabrida davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan sudya Aydin Sefa Akayni ozod qilish haqidagi talabini bajarmoqchi emas. Bu haqda Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Faridun Sinirlio‘g‘li Xavfsizlik kengashiga yozgan xatida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Diplomat Turkiya fuqarosi Aydin Sefa Akay “2016-yil 15-iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinish ortida turgan Fatxulla Gulen terrorchilik tashkiloti a’zosi ayblovi bilan” hibsga olinganini eslatdi.

“Ushbu jinoyat Turkiya jinoyat kodeksiga muvofiq jazoga tortilishga loyiq”, — deya ta’kidladi Sinirlio‘g‘li. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudya uchun daxlsizlik huquqi amal qilmagan, chunki u o‘z faoliyati doirasidan tashqarida sodir etilgan xatti-harakatlar uchun hibsga olingan.

Aydin Sefa Akay — Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal tomonidan ko‘rib chiqilishi yakunlanmagan ishlardan biri bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi a’zosi. 31-yanvar kuni JTXM qaror chiqarib, unda sudyani 14-fevraldan kech bo‘lmagan muddatda ozod etishni va unga nisbatan barcha sud ishlarini tugatishni talab qilgan edi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют