» » Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziriga tabrik yo‘lladi

Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziriga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yaqinda tayinlangan yangi tashqi ishlar vaziri, Taro Konoga tabrik maktubini yo‘lladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziriligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hurmatli janob Kono,

Sizni Yaponiya Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlanganingiz bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning barcha jabhalari bo‘yicha 2002-yilda qabul qilingan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida ochiq va samarali siyosiy muloqot o‘rnatilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlashni xohlardim.

2015-yilning oktabr oyida Yaponiya Bosh vaziri janob Sindzo Abening O‘zbekistonga rasmiy tashrifining muvaffaqiyatli o‘tishi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarining yuqori darajada ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirishga yangicha sur’at baxsh etdi.

Biz janob Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratamiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi oliy darajadagi siyosiy muloqotning yanada rivojlanishi, ko‘p qirrali hamkorligimizni amaliy mazmun bilan boyitish tarafdorimiz.

Aminmanki, Sizning ko‘magingizda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlari va strategik sheriklik ikki davlat xalqlari farovonligi yo‘lida kelajakda ham har tomonlama rivojlanadi.

Janob Kono, Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va mas’uliyatli davlat lavozimidagi faoliyatingizga zafarlar tilayman.

Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat tashqi ishlar vaziri lavozimiga Taro Kononi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют