» » Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun 4200 kishi jarimaga tortildi

Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun 4200 kishi jarimaga tortildi


Toshkent shahar IIBB 30-iyuldan boshlab “Tozalash-aksilterror” operatsiyasini o‘tkazib kelmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmatiga tayangan holda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Pasport-viza” tadbiri doirasida poytaxtda ko‘p qavatli uylardagi 96864 xonadon va xususiy sektorning 34380 uylari, shuningdek, 5452 muassasa va tashkilot tekshirildi. 4479 shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan bo‘lib, shulardan 4265 nafari — ro‘yxatdan o‘tmay yashayotganlar, 146 nafari — propiskasiz yashash uchun taqdim etilgan uy-joy egalari, 68 nafari — propiskasiz shaxslarga ish bergan shaxslar.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 456 kishi profilaktika hisobiga kiritildi. Ko‘p qavatli uylar joylashgan dahalarda 86 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

59 shaxs IIBB reabilitatsiya markaziga joylashtirildi, 78 o‘smir voyaga yetmagan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib borildi.

56 kishi davolanish muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, shulardan 21 nafari — spirtli ichimliklarga mukkasidan ketganlar, 14 nafari — giyohvandlar va 21 nafari — ruhiy xastalardir.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют