» » Mel Gibson Kosta-Rikadagi 163 gektarlik mulkini 30 million dollarga sotmoqda (foto)

Mel Gibson Kosta-Rikadagi 163 gektarlik mulkini 30 million dollarga sotmoqda (foto)


“Sheryurak”, “Ayollar nima istaydi”, “Vatanparvar” kabi filmlari bilan mashhurlikka erishgan Mel Gibson o‘zining Ko‘sta-Rikadagi mulkini sotuvga qo‘ydi. Aktyor 2017-yilning boshida Los-Anjelesning muhtasham Sherman Ouks dahasidagi to‘rt xonali uyini 2,1 million dollarga hamda Agura-Xillzdagi kottejini 683 ming dollarga sotgan edi, deb xabar berdi ABC News.

61 yoshli aktyor Kosta-Rikadagi 163 gektarga teng Jungli parchasi uchun 30 million dollar so‘ramoqda.

Gibson Kosta-Rikadagi hududga 2006-yilda o‘zining Apocalypto filmi uchun suratga olish maydonchasi qidirayotganida duch kelgan. Bu yerdagi uchta villaning har biri alohida mahalliy yog‘ochlardan, shuningdek, ispan va italyan kafellaridan foydalanilgan holda qurilgan.

Uylarning eng kattasi Casa Guanacaste bo‘lib, unda yettita yotoqxona va sakkizda yuvinish xonasi joylashgan. Qolgan ikkita kichikroq villalarda esa ikkitadan yotoqxona mavjud. Atrofdagi plyajga har yili minglab kilometr sayohat qiladigan dengiz toshbaqalari tuxum qo‘ygani keladi.

Mel Gibson boshqa bir qator obyektlarini ham sotuvga qo‘ygan. Jumladan, o‘tgan oyda Malibu shahridagi o‘rta asrlarga tegishli qo‘rg‘on 17,5 million dollarga bozorda paydo bo‘lgan. Shuningdek, aktyor Konnektikut shtatining Grinvich shahridagi koshonasini 26 million dollarga sotishga harakat qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют