» » OAV: Tramp o‘z maslahatchisi Bennondan ma’lumotlar sizib chiqishida gumon qilmoqda

OAV: Tramp o‘z maslahatchisi Bennondan ma’lumotlar sizib chiqishida gumon qilmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Stiv Bennondan Oq uydagi hamkasblari haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishida gumon qilmoqda. Bu haqda Axios portaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Portalning qayd etishicha, Tramp o‘z yordamchilariga Bennonning o‘zini-o‘zi reklama qilishidan to‘yganligini aytgan. Trampning fikricha, Oq uy apparati rahbari Jon Kelli tayinlanganidan buyon Bennonning prezidentning yonida o‘tkazgan vaqti sezilarli darajada kamaygan.

Prezident ma’muriyatidagi anonim manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan bog‘liq ma’lumotlarning sizib chiqishi ortida aynan Stiv Bennon turibdi.

Portalning qo‘shimcha qilishicha, Oq uyda Bennonning deyarli ittifoqchilari qolmagan.

Stiv Bennonning o‘zi ma’lumotlar sizib chiqishi haqidagi xabarga izoh berishdan bosh tortgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют