» » Rossiya hukumati MDH davlatlari soliq idoralari o‘rtasida elektron ma’lumot almashish bo‘yicha protokolni ma’qulladi

Rossiya hukumati MDH davlatlari soliq idoralari o‘rtasida elektron ma’lumot almashish bo‘yicha protokolni ma’qulladi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev MDH davlatlari soliq idoralari o‘rtasida elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar almashish haqidagi protokol loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Protokolda mazkur mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslari daromadlarining ayrim turlari, shuningdek, MDH davlatlari hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mol-mulkning ba’zi turlari bo‘yicha ma’lumot almashish ko‘zda tutilgan”, — deyiladi farmoyishga keltirilgan izohda.

Soliq idoralari yuridik shaxslarga nisbatan to‘lov manbasi boshqa davlatda bo‘lgan tashkilotning daromadlari, shuningdek, boshqa davlatdagi doimiy vakolatxona faoliyati orqali olinadigan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan almashadi.

Jismoniy shaxslarga nisbatan esa yollanma va shartnoma orqali ish bo‘yicha olingan daromadlar, dividendlar, ustav kapitali va ko‘chmas mulkdagi ulushlardan olinadigan hamda boshqa daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zaro baham ko‘riladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют