» » Samsung Galaxy Note 8: internetda barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buklet paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy Note 8: internetda barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan buklet paydo bo‘ldi


Avstraliyaning Ausdroid nashri jurnalistlari qo‘liga yangi Samsung flagmani reklama buketi kelib tushdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Unda aytilishicha, smartfon kelasi hafta tillarang va qora tuslarda sotuvga chiqadi. Yangi Deep Blue Sea rangi keyinroq paydo bo‘ladi, deb taxmin qiladi nashr.

Broshyuraga ko‘ra, Galaxy Note 8 6,3 dyuymli 1440?2960 pikselli Super AMOLED displey, Qualcomm Snapdragon 835 + Adreno 540 yoki Samsung Exynos 9 Series 8895 + Mali-G71 MP20 chipi, 6 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira (+microSD), 12 megapikselli qo‘sh kamera (asosiy) va 8 megapikselli old kamera, 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Broshyurada aytilishicha, qurilma Samsung’ning Smart Switch dasturini ko‘tara oladi, u barcha ma’lumotlarni eski qurilmadan yangisiga o‘tkazish imkonini beradi.

Kompaniya smartfonni 23-avgust kuni taqdim etadi, ertasi kuniyoq u sotuvga chiqishi kerak.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют