» » Lola Karimova-Tillayeva “Droplet” (“Tomchi”) loyihasini taqdim etdi

Lola Karimova-Tillayeva “Droplet” (“Tomchi”) loyihasini taqdim etdi


Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida “Droplet” (“Tomchi”) nomli eko-art loyiha haqida hikoya qildi. Loyiha bugun insoniyat oldida turgan dolzarb masalalarni namoyish etish uchun maydon vazifasini o‘tashi bildirilgan.

“Garmonist” brendining falsafasi suv, yer, yog‘och, ma’dan va olov kabi nabiat unsurlarini o‘rganish, asrash va himoya qilishga asoslangan. “Garmonist” tabiatni asrash maqsadida insoniyat sog‘lom hayot kechirishining asosini tashkil etuvchi mazkur 5 unsurni saqlashga va asrashga bag‘ishlangan 10 yillik loyihani boshlaydi.

Rassom Markus Lyutens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obyekt tomchi ko‘rinishidagi metall konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi.

“Jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildik. Binobarin, san’at insonlarga ilhom bahsh etib, ularni muayyan maqsad atrofida birlashtira oladi. ‘Droplet’ loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining yetishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining xavotiriga sherikligimizni bildiramiz”, — deydi Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют