» » Namangan hokimi viloyatda tuyaqushlarni parvarishlash uchun 5 gektar yer ajratishga ko‘rsatma berdi

Namangan hokimi viloyatda tuyaqushlarni parvarishlash uchun 5 gektar yer ajratishga ko‘rsatma berdi


Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov haftaning har shanba kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvga kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlarning bir guruhi taklif etildi. Ular bilan suhbatlashilib, talab va takliflari ko‘rib chiqildi.

“Bizning Good Tea Trade Servis MChJ choy mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlashga ixtisoslashgan, — deydi tadbirkor Sobitxon No‘monov. —Oldimizda turgan eng katta muammolardan biri ishlab chiqarish korxonasi uchun yer maydonining yo‘qligi edi. Bugungi uchrashuvda muammoga yechim topildi”.

Shu kuni o‘nta tadbirkorlik subyekti vakillari viloyat hokimidan o‘z murojaatlariga javob oldi. Yangi loyihani taqdim etgan tadbirkor Komiljon Nosirov ulardan biri.

“Xonadonimizda noyob, parhezbop go‘sht hamda tuxum yetishtirish maqsadida tuyaqush boqib kelmoqdamiz. Bu qushlarning erkin parvarishi uchun katta yer maydoni talab etiladi. Muloqot jarayonida viloyat hokimiga 5 gektar yer ajratish bo‘yicha murojaat etdim, mutasaddilarga shu joyning o‘zida tegishli ko‘rsatma berildi”.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (20-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют