» » Toshkent viloyatida ehtiyojmand fuqarolarga zamonaviy uy-joylar topshirildi

Toshkent viloyatida ehtiyojmand fuqarolarga zamonaviy uy-joylar topshirildi


Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent viloyatining Chirchiq, Bekobod shaharlari, Parkent, Yuqori Chirchiq tumanlarida kam ta’minlangan oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy uylar tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirlarda 4 nafar nogiron va ehtiyojmand fuqaroga yangi xonadonlarning kaliti topshirildi.

Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Mohira Qoraboyevaga Navbahor mahallasidagi yangi uylardan birining kaliti berildi. Shuningdek, yangi tikuv mashinasi berilib, ishga joylashtirildi.

Parkent tumanida o‘tkazilgan tadbirda tumandagi 46-umumta’lim makabida 21 yildan buyon dars berib kelayotgan Tursunoy Nursodiqovaga Istiqbol mahallasida yangi qurilgan 6 sotixdan iborat 4 xonali uy topshirildi.

Joriy yil oxiriga qadar viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yana 66 ta uy-joy topshirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Bekobod shahridagi 29 nafar nogiron va ehtiyojmand fuqaroga yangi uylarning boshlang‘ich badali Prezident tomonidan to‘langani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. 180 nafar fuqaroga nogironlar aravachasi va boshqa turli vositalar, 50 nafar fuqaroga mamlakat tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (22-08-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют