» » Chempionlar Ligasi. Odil Ahmedov klubi Skolari shogirdlari postiga javobsiz 4 ta gol urdi

Chempionlar Ligasi. Odil Ahmedov klubi Skolari shogirdlari postiga javobsiz 4 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finaliga qadar yetib kelgan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi Skolari boshchilik qilayotgan “Guanjou Evergrand” klubi ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 4:0.

Shanxayliklar turnirni pley-off bosqichidan boshlab muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda. Villash-Boash shogirdlarida endi yarim finalga yo‘l olish uchun yaxshi imkoniyat bor. “Guanjou Evergrand” esa Chempionlar Ligasida bunga qadar ikki bor g‘olib chiqqan klub hisoblanadi. Shularning birida guanjouliklar Marchello Lippi bilan, ikkinchisida esa aynan Skolari bilan muvaffaqiyat qozongandi.

Chempionlar Ligasi o‘yinida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘liq harakat qildi. Mehmonlarga esa “Barselona”ga sotib yuborilgan Paulinyo yordam bera olmadi. Javob o‘yini 12-sentabr kuni Guanjouda bo‘lib o‘tadi.

Xitoy Super Ligasida mana shu ikki klub chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Bunda “Shanxay SIPG” raqibidan 8 ochko kamroq to‘plab, 2-o‘rinni egallab turibdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi
Chorak final
22-avgust, seshanba

Gollar: Xalk, 39-pen (1:0). Vang Shenchao, 45+1 (2:0). Vu Lei, 62 (3:0). Vu Lei, 65 (4:0).

“Al-Ayn” (BAA) — “Al-Hilol” (Saudiya) 0:0
“Persepolis” (Eron) — “Al-Ahli” (Saudiya) 2:2

23-avgust, chorshanba
“Kavasaki Frontale” (Yaponiya) — “Urava Red” (Yaponiya)

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют