» » Haydovchilar datchiklar va buralayotgan rul tufayli avtomatik boshqaruvdagi mashinalardan qo‘rqadi (video)

Haydovchilar datchiklar va buralayotgan rul tufayli avtomatik boshqaruvdagi mashinalardan qo‘rqadi (video)


Intel kompaniyasi haydovchilar nima sababdan avtomatik boshqaruvdagi mashinalarga ishonmasligini aniqlashga harakat qildi. TJournalga ko‘ra, oxirgi tadqiqotlar amerikaliklarning 75 foizi haydovchisiz boshqariladigan avtomobillardan qo‘rqadi.

O‘n nafar avtomobil ishqibozi shunday mashinalarning orqa o‘rindiqlariga o‘tqizildi, oldindagi o‘rinlarni esa ikki nafardan xodim egalladi. Ular birgalikda bir necha marotaba ochiq yo‘lni aylandi.

Sinov yakunlariga ko‘ra haydovchilar mashina boshqarishni taksidan robotlarga topshirishdan xursand ekanligini bildirdi. Intel, shuningdek, maxsus mobil dastur ishlab chiqdi, u orqali yo‘lovchilar avtomobil buyurtma qilish va yo‘lni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Avtomobil ishqibozlari ayni paytda salonda kamroq datchik bo‘lishi kerakligini aytdi: ularning fikricha, ortiqcha detallar odamni chalg‘itadi. O‘z-o‘zidan buralayotgan rul esa xavotir hissini uyg‘otadi, shu bois ular konstruktorlarga rulni ham olib tashlashni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, haydovchilarning tushuntirishicha, avtomobilda ovozli boshqaruv kamlik qilmoqda.

Avtonom boshqaruvdagi avtomobil mustaqil ravishda nogiron yoki bolani o‘tkazib yubora olmasligi ham jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, tajriba ishtirokchilari texnikani yuqori baholadi va yo‘llarni o‘zlarini xavfsiz his etganini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют