» » Krasnodarda ishchilarni tashiyotgan avtobus dengizga qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Krasnodarda ishchilarni tashiyotgan avtobus dengizga qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ishchilarni tashiyotgan avtobus dengizga qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hodisa Volna posyolkasida ro‘y berdi. Aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, avtobus yo‘ldan chiqib ketdi va suvga quladi. 27 kishi qutqarildi, ulardan 8 nafari kasalxonaga yotqizildi. Yana bir kishi qidirilmoqda.

Avariyaning asosiy sababi sifatida yo‘l harakati qoidalarining buzilishi ko‘rilmoqda. Avtobus qulagan joyda dengiz chuqurligi 4 metrni tashkil etadi, transport vositasi hozirda qirg‘oqqa chiqarib bo‘lindi. Hodisa joyida 80 dan ortiq qutqaruvchi va 27 ta texnika ishlamoqda.

Rossiya FVVga ko‘ra, avtobus Volna posyolkasida “Tamanneftegaz” uchun kemalar qo‘nimgohi qurayotgan kompaniyaga tegishli bo‘lib, vaxta usulida mehnat qiladigan ishchilarni tashigan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют