» » Tramp ta’tildalik vaqtida Oq uy 3,4 mln dollarga ta’mir qilindi

Tramp ta’tildalik vaqtida Oq uy 3,4 mln dollarga ta’mir qilindi


Tramp ta’tilni Bedminsterdagi o‘z golf-klubida o‘tkazgan vaqtida, Oq uyda keng miqyosli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Mutaxassislar oldidagi eng asosiy vazifa — Oq uydagi havoni mo‘’tadil saqlash bo‘yicha juda eskirib qolgan tizimni 17 kun ichida yangilashdan iborat edi. Bu ishlar davlat g‘aznasiga 1,9 million dollarga tushdi. Bundan tashqari, Tramp Oval kabinet uchun yangi gilam tanlagan — gilamni almashtirish 1,17 million dollarga tushgan.

Business Insider’ning qayd etishicha, Oval kabinetdagi ta’mirdan tashqari, kompyuter tizilarining ba’zi elementlari zamonaviylashtirilgan, ba’zi xonalar kosmetik ta’mirlangan, muntazam press-brifinglar o‘tkaziladigan zaldagi chakki o‘tgan o‘rinlar bartaraf etilgan.

Alohida qayd etishlaricha, ta’mirlash ishlarida faqat AQShda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanilgan, mebellar ham AQSh hududida tayyorlanganlariga almashtirilgan.

Oq uyning ta’miri AQShning avvalgi prezidenti — Baraka Obama davridayoq rejalashtirilgan edi, biroq faqat hozir buning uddasidan chiqildi. 20-avgust kuni yakuniga yetgan ta’mirlash ishlari uchun 3,4 million dollar sarflandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют