» » Tramp birinchi bor afv etish farmoniga imzo chekib, Marikopa okrugi sobiq sherifidan ayblovlarni olib tashladi

Tramp birinchi bor afv etish farmoniga imzo chekib, Marikopa okrugi sobiq sherifidan ayblovlarni olib tashladi


Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimini egallaganidan beri birinchi bor afv etish haqidagi qarorga imzo chekdi. Oq uy matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 26-avgust, shanba kuni e’lon qilingan hujjatga muvofiq, Arizona shtati Marikopa okrugining sobiq sherifi, 85 yoshli Jo Arpayodan barcha ayblovlar olib tashlangan. U sudga nisbatan hurmatsizlik yuzasidan aybdor deya topilgan edi, deb xabar berdi “TASS”.

“Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp Marikopa okrugi sobiq sherifi Jo Arpayoni afv etish bo‘yish bo‘yicha qarorga imzo chekdi. AQSh Qurolli kuchlari tarkibiga Koreya urushi boshlanganidan so‘ng, 18 yoshida yozilgan Arpayo jamiyatga xizmat qilishning fidokorona namunasidir… Hozirda sherif Jo Arpayo 85 yoshda va 50 yildan ortiq xalq uchun beminnat xizmat qilgani prezidentlik afviga munosib nomzod ekanligini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.

Jo Arpayo Barak Obama AQSh prezidenti etib saylangach, mazkur saylov jarayonini keskin tanqid qilgani bilan mashhur. O‘shanda Arpayo mamlakat rahbari AQShdan tashqarida tug‘ilganini, uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi soxtalashtirilganini ta’kidlagan edi. Tramp ham prezidentlikka kirishguniga qadar Obama haqida shu kabi fikrlarni bir necha bor takrorlagan.

2013-yilda federal sud Arpayo o‘tkazgan Lotin Amerikasidan bo‘lgan noqonuniy immigratlarni qo‘lga olish operatsiyasini qonunga zid deya topgan. Sherif sud qaroriga amal qilmagan va migrantlarni qo‘lga olishda davom etavergan. 2017-yilning iyulida Arpayo sudga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun aybdor deb topilgan edi. Unga nisbatan yakuniy hukm joriy yilning oktabrida o‘qilishi kerak edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют