» » “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “SAMPI”ga o‘qishga kirgan kamida 40 abituriyent imtihonda yonma-yon o‘tirgan

“Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “SAMPI”ga o‘qishga kirgan kamida 40 abituriyent imtihonda yonma-yon o‘tirgan


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Milliy universitetining ba’zi ta’lim yo‘nalishlarida o‘tkazilgan test imtihonlarida shubhali “tasodiflar” qayd etilgani haqida avval xabar berilgan edi.

O‘zMUdagi vaziyat yuzasidan oliygoh rektori Avazjon Marahimov bayonot berib, shubhali yo‘l bilan o‘qishga kirgani gumon qilinayotgan talabalarga nisbatan talab sentabrdanoq kuchli bo‘lishini ta’kidladi. Iqtisodiyot universiteti rahbariyati imtihonlardagi ehtimoliy qoidabuzarliklar yuzasidan ilgari surilgan ayblovlarga hozircha hech qanday izoh bergani yo‘q.

Aksincha, TDIU o‘rniga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov chiqish qilib, universitetda bu kabi holatlar avvaldan borligini ta’kidladi (universitet deputatning bu aybloviga ham biror javob qaytarganicha yo‘q).

Ayni vaqtda, TDIU va O‘zMUdagiga o‘xshash shubhali holatlar O‘zbekistonning boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham yuz bergani ma’lum bo‘lmoqda. Xususan, “Daryo” mushtariylaridan biri Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (sobiq O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti, xalq orasida “SAMPI”)dagi vaziyatga e’tibor qaratgan, vaziyat yuzasidan salmoqli tadqiqot (surishtiruv emas, aynan tadqiqot) olib borgan.

ToshPTI 2017-yili 450 nafar talabani o‘qishga qabul qildi — oliygohga o‘qishga kirish uchun roppa-rosa 4400 abituriyent hujjat topshirgan edi. “Daryo” mushtariyi olib borgan tadqiqotga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan yo‘nalishlarga qabul qilingan talabalarning kamida 40 nafari hamda tibbiy pedagogik ish yo‘nalishining rus tili guruhiga o‘qishga kirgan 25 nafarining bari shubha ostida.

Tadqiqotchi ToshPTIda ilingan test imtihonlari natijalarining barchasini o‘rganib, tahlil qilib chiqqan. “ToshPTIga borganimda davolash ishi fakultetining ballari yo ilinmagan, yoki olib tashlangan edi”, — deydi surishtiruv muallifi. Davolash ishi fakultetiga kirish imtihonlari natijalari yo‘q ekani quyida qo‘shimcha savollarga sabab bo‘lgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan yo‘nalishlarga 77 11 470 raqamli javoblar varaqasi egasidan tortib to 77 11 511 raqamli javoblar varaqasi sohibigacha bo‘lgan qariyb barcha — 40 nafar abituriyent o‘qishga kirgan (faqat ikki kishi “yiqilgan”). Qayd etish joiz, bunday ketma-ketlikdagi javoblar varaqalari egalari bir auditoriyada o‘tiradi.

77 11 473 — 77 11 488 raqamli javoblar varaqalari oralig‘idagi abituriyentlar tibbiy pedagogik ish yo‘nalishiga o‘qishga kirgan, 77 11 490 — 77 11 511 raqamli javoblar varaqalari oralig‘idagilar esa pediatriya ishi yo‘nalishi bo‘yicha talaba bo‘lgan (faqat 77 11 509 raqamli javoblar varaqasi egasi 126,5 ball to‘plab, o‘qishga kira olmagan).

“77 11 470, 77 11 471 va 77 11 472 raqamli javoblar varaqalari haqidagi ma’lumot ToshPTIga ilingan ma’lumotlarda yo‘q edi. Men ularni ‘DTM.uz’ sayti orqali tekshirib, bu varaqalarning egalari o‘qishga kirganini bildim. Bu uch kishi aynan davolash ishi fakultetiga o‘qishga kirgan bo‘lishi ham mumkin”, — deydi tadqiqot muallifi.

Tibbiy pedagogika ishi fakultetining rus guruhiga o‘qishga qabul qilingan 25 talabaning 18 nafari qariyb yonma-yon o‘tirgan — 77 11 336 dan 77 11 340 gacha (5 kishi), 77 11 394 dan 77 11 402 gacha (8 kishi kirgan, 1 kishi yiqilgan), 77 11 430 dan 77 11 438 gacha (5 kishi kirgan, 4 kishi yiqilgan). E’tiborli tomoni, ularning bari — o‘qishga kirgani ham, kirmagani ham — har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 balldan beriladigan uchinchi blok testlari bo‘yicha kamida 30 tadan aniq javobni topgan (uch kishi 36 tadan to‘g‘ri javobni ko‘rsatgan!).

Kvotani to‘ldirgan qolgan yetti abituriyent yonma-yon o‘tirmagan (lekin ular boshqa-boshqa auditoriyalarda o‘tirgan deb aytish qiyin — 77 11 349, 77 11 352 va 77 11 360; 77 11 384 va 77 11 386; 77 11 416 va 77 11 426). Qiziq tomoni, ularning birortasi uchinchi blok test savollari bo‘yicha jillaqursa 30 ta to‘g‘ri javobni belgilamagan. Bu holat 18 kishini birlashtirgan birinchi guruhga uchinchi blok testlarini yechish bo‘yicha tilshunos “parovozlar” yordam berganu, ajralib qolganlarga ularning ko‘magi yetishmagan, degan dastlabki xulosaga ham sabab bo‘lishi mumkin.

ToshPTIdagi qabul jarayoni va test imtihonlari 2017-yilgi qabul mavsumi davomida birinchi marta tilga tushayotgani yo‘q. Iyul oyida ToshPTI mutassaddilari abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishni turli vajlar, texnik vositalarni sabab qilib paysalga solayotgani haqida maqola e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga hujjat topshirish uchun nega kamida uch kun vaqt ketadi?

Maqolada, jumladan, bir abituriyent o‘z hujjatlarini institut qabul komissiyasiga topshirishi uchun ikki-uch kunlab vaqt sarflashga majbur bo‘layotgani, oqibatda viloyatlardan uzoq yo‘l bosib kelgan abituriyentlar ko‘chalarda qolib ketayotgani bayon qilingan edi.

ToshPTI ma’muriyati fuqarolar murojaati asosida tayyorlangan iyul oyidagi chiqishga hech qanday munosabat bildirmadi. Umid qilamizki, o‘qishga kirishdagi shubhali vaziyatlar haqidagi hozirgi axborot institut rektorati tomonidan bee’tibor qoldirilmaydi va jamoatchilikka bu holatlar yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot beriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют