» » 50 nafar Nobel laureati insoniyat uchun xavf tug‘diruvchi asosiy tahdidlarni ma’lum qildi

50 nafar Nobel laureati insoniyat uchun xavf tug‘diruvchi asosiy tahdidlarni ma’lum qildi


Britaniyaning Times Higher Education jurnali fizika, kimyo, tibbiyot hamda iqtisod bo‘yicha Nobel mukofotining 50 nafar laureati orasida so‘rov o‘tkazdi. Xususan, jurnal insoniyatga xavf tug‘diruvchi global tahdidlar hamda sun’iy intellekt tomonidan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan raqobat yuzasidan olimlar fikri bilan qiziqdi.

Olimlarning 34 foizi insoniyat uchun aholining ko‘payishi va atrof-muhit degradatsiyasi (global isish) tahdid solmoqda deya hisoblagan bo‘lsa, 23 foizi yadroviy urushni xavfliroq degan. So‘rovda ishtirok etgan olimlarning 8 foizi esa yuqumli kasalliklar hamda dorilar qarshiligini xavfliroq deya topgan.

“Sun’iy intellekt va robotlarning kiritilishi tadqiqotchi insonlarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladimi?” degan savolga olimlarning yarmi “ehtimolligi kam”, 24 foizi “albatta yo‘q” degan bo‘lsa, yana shunchasi “bo‘lishi mumkin”, ikki foizi esa (bir odam) — “ha, albatta” deya javob qaytargan. Olimlarning biri “robotlarda tasavvur yo‘q” degan.

Sun’iy intellektni insoniyat uchun xavf tug‘diradi deya bir necha bor ma’lum qilgan amerikalik biznesmen Ilon Mask va britaniyalik Stiven Xoking Nobel laureatlarining fikriga qo‘shilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют