» » Moody’s: O‘zbekistonda yirik 20 ta qarz oluvchining ulushiga kapitalning 200 foizidan ortig‘i to‘g‘ri keladi

Moody’s: O‘zbekistonda yirik 20 ta qarz oluvchining ulushiga kapitalning 200 foizidan ortig‘i to‘g‘ri keladi


“O‘zbek iqtisodiyotining o‘sishi hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yuqori darajadagi yordamning saqlanib qolishi, O‘zbekiston bank sektoriga milliy valyutani jadal devalvatsiyasiga bog‘liq qiyinchiliklarini yengib o‘tishida yordam beradi”, — deyiladi Moody’s reyting agentligining yangi hisobotida. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar berdi.

“Mahalliy investitsiyalarning hamda davlat xarajatlarining yuqori darajasi, shuningdek, ish haqi, nafaqalar va xorijdan keladigan pul o‘tkazmalarining ortishi sabab o‘sayotgan iste’mol darajasi o‘zbek banklarining ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda va milliy valyutaning zaifligini biroz pasaytirmoqda”, — deydi Moody’s agentligining kichik vitse-prezidenti, tahlilchi Petr Paklin.

Valyuta xavfi O‘zbekiston bank sektorining asosiy muammolaridan biri bo‘lsada, ushbu xavflar mamlakatdagi barcha banklar sektori ulushining chorak qismi to‘g‘ri keladigan O‘zbekiston Milliy bankiga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan xavflar NBU qarz oluvchilarining yarmidan ko‘pi davlat nazorati ostida yoki tizimli ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar bo‘lib, kredit portfelining yarmidan ko‘pi davlat kafolati bilan ta’minlanib tartibga solinadi.

O‘zbekiston banklarining kredit portfellari sifati keyingi 12—18 oy davomida yaxshilanadi, shu bilan birga muammoli kreditlarning ulushi asta-sekin 2,7 foizdan (2016-yil yakuni bo‘yicha) chiqarilgan kreditlarning umumiy hajmi 2—2,5 foizigacha pasayadi. Shu bilan birga, banklarning jami kredit portfeli, asosan xorijiy valyutadagi aktivlarni qayta baholash hisobiga 40 foizga o‘sadi (avvalgi yillarda o‘sish 25 foizni tashkil etgan).

O‘zbek banklarining muammolari qatoriga alohida qarz oluvchilarga bo‘lgan yuqori e’tibor ham kiradi, shuningdek, Moody’s reytingidagi o‘zbek banklari orasida eng yuqori 20 nafar qarzdorning ulushi o‘rtacha 200 foiz kapitalga to‘g‘ri keladi. So‘m devalvatsiyasining tezlashuvi valyuta daromatlariga ega bo‘lmagan, xorijiy valyutada qarz oluvchilarning kredit xavfini oshirdi. Bu qoida kabi bo‘lib, yirik davlar korxonlari zarur bo‘lganida davlatning qo‘llab-quvvatloviga ishona oladi.

O‘zbekiston banklarining kapital va daromadlari kredit yo‘qotishlarni qoplashga yetarli. O‘zbek bank sektori kapitalining yetarlilik koeffitsienti 1-darajali bo‘lib, u agarda aktivlarning yomonlashuvi yuz bersa xavfsizlik yostiqchasi vazifasini bajara oladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 19) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют