» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistondagi diniy yo‘nalishdagi 9 ta o‘rta maxsus va 2 ta oliy ta’lim muassasasi Islom sivilizatsiyasi markazi ixtiyoriga o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistondagi diniy yo‘nalishdagi 9 ta o‘rta maxsus va 2 ta oliy ta’lim muassasasi Islom sivilizatsiyasi markazi ixtiyoriga o‘tadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurib, Islom madaniyati markazi tashkil etilishi loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Markaz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

O‘zAning xabar berishicha, Prezident 1-sentabr kuni Xastimomga tashrifi davomida markazning nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif qilgan.

Biz ajdodlarimiz bilan doimo faxrlanib kelganmiz. Shunday ekan, o‘zimiz ham ularga munosib bo‘lishimiz kerak. Tashkil etilayotgan markazda ham buning uchun barcha sharoitlarni yaratish, yetuk olimlarni jalb qilish lozim. Mazkur sohaga oid adabiyotlarni jamlash, chet ellarda bo‘lsa, yurtimizga olib kelish choralarini ko‘rish zarur.

Bundan tashqari, mamlakatimizdagi diniy yo‘nalishdagi to‘qqizta o‘rta maxsus va ikkita oliy ta’lim muassasasi ham markaz ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda saboq beradigan o‘qituvchilar bilimi va saviyasiga alohida e’tibor qaratish darkor.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-09-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют