» » Guliston avtobuslarda to‘lovlarni avtomatlashtirish sinov loyihasi uchun birinchi shahar sifatida tanlandi

Guliston avtobuslarda to‘lovlarni avtomatlashtirish sinov loyihasi uchun birinchi shahar sifatida tanlandi


Sirdaryo aholisining soni bo‘yicha eng ixcham viloyat bo‘lishiga qaramay, mazkur hudud o‘zining islohotlar va yangiliklarga moyilligi bilan ajralib turadi. Bunday ijobiy o‘zgarishlardan so‘ngisini Guliston shahar transport tarmog‘ida aholiga yaratilgan innovatsion qulaylikda ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “Mikroelektronika Plyus” MChJ hamkorlikda amalga oshirilayotgan avtobuslarda to‘lovlarni avtomatlashtirish sinov loyihasi Mustaqqillikning 26 yilligi bayrami arafasida Guliston shahri aholisiga bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi va ular tomonidan juda iliq kutib olindi.

“Mikroelektronika Plyus” MChJ yo‘lovchi transport, xususan temir yo‘l sohasida avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha 8 yildan ortiq tajribaga va ijobiy natijaga ega mahalliy korxona.

Mazkur loyiha doirasida Guliston shahridagi ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi mavzelarga qatnovchi Isuzu rusumidagi 10 ta avtobuslar maxsus qurilmalar (validator) bilan jihozlandi. Natija esa ham ajoyib, ham juda qulay.

Aholiga yaratilgan qulaylikning eng avvalida yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lashni ta’kidlab o‘tish joizdir. Endilikda transport to‘lov kartasini sotib olish va uni keyinchalik to‘ldirib borish bank plastik kartasi orqali, shuningdek elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Bu esa o‘z o‘rnida qaytim berishdagi muammolarni yechadi va to‘lov jarayonini bir necha barobarga qisqartiradi.

Misol tariqasida PayNet shoxobchasiga borgan holda yoki telefon orqali Woy-Wo tizimiga ulangan holda transport kartasi hisobini to‘ldirish mumkin. Bosqichma-bosqich esa barcha to‘lov tizimlari orqali hisobni to‘ldirish imkoni yaratiladi.

Haydovchilar ham bunday yangilik kirib kelishidan juda xursand bo‘ldi. Chunki bunga yetarli sabab va asos bor. Bundan so‘ng yo‘lovchilar tirband paytlarda yo‘lkirani qabul qilib olishi juda osonlashadi va qaytim bilan ham muammolar yuzaga kelmaydi. Haydovchi asosiy e’tiborining yo‘lga qaratilishi esa barchaning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

To‘lov kartalari uchun hozirgi kunda jahonda ommalashib borayotgan NFC texnologiyasi tanlangan bo‘lib, u o‘zining qulayligi, xavfsizligi va tezkorligi bilan to‘lov va obyektlarga kirish yechimlarida keng qo‘llanilmoqda.

Shuningdek, mazkur tizim barcha avtobuslarda to‘liq joriy etish davrida smartfon qurilmasi yordamida to‘lovlarni amalga oshirish imkoni yaratiladi. Bunda smartfon qurilmasiga maxsus dastur o‘rnatilishi va tizimdan ro‘yxatdan o‘tilishining o‘zi yetarli bo‘ladi.

NFC texnologiyasini qo‘llovchi smartfonlar validator qurilmasiga yaqinlashtirgan holda masofadan to‘lovni amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Bu turdagi smartfonlarning rivojlanishi va sonining ortib borishi, bunday to‘lovlarning ommalashib borishiga zamin yaratadi.

Albatta barcha turdagi smartfonlar ham bunday interfeys bilan jihozlanmagan. Hattoki eng zamonaviy iPhone smartfonlar ham NFC texnologiyasini to‘liq qo‘llay olmaydi. Shuni inobatga olgan holda barcha turdagi smartfonlarda to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradigan elektron QR kodli chiptalar joriy etildi. Bu elektron chiptalar yo‘lovchi har to‘lov amalga oshirish davrida alohida ajratiladi va ular takrorlanmaydi.

Mazkur yechimga ko‘ra tizimga ulangan barcha avtobuslar mobil aloqa tarmog‘i orqali aloqani amalga oshiradi. Respublika hududlarida mobil aloqa tarmog‘i holatini inobatga olgan holda hamda kutilmagan vaziyatlarni oldini olish maqsadida, avtobuslar nafaqat onlayn rejimida, shu bilan birga oflayn rejimida ham yo‘lovchilardan to‘lovlarni qabul qilish mexanizmi ishlab chiqildi. Bu esa tizim uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va ishonchliligini oshiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют