» » Nazarboyevning nabirasi qanday qilib prezident-bobosi uni giyohvandlikdan qutqarganini so‘zlab berdi

Nazarboyevning nabirasi qanday qilib prezident-bobosi uni giyohvandlikdan qutqarganini so‘zlab berdi


Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Aysultan Nazarboyev o‘zining Facebook’dagi sahifasida giyohvandlikka qay tarzda duch kelganini ochiq hikoya qilib berdi, deb xabar berdi “KNews.kg”.

“Yaratganga shukrki, men eng katta qadamni qo‘ydim — barchasini bobomga aytdim. Agarda boshqa prezident bo‘lganida bu kabi vaziyatda muammoni yashirishga harakat qilgan yoki undan yuz o‘girgan bo‘lar edi. Ammo Nursulton Nazarboyev emas. Qon jihatdan bobo bu ruhiy jihatdan haqiqiy ota demakdir. U birinchi navbatda ‘Rostgo‘y ekanliging yaxshi. Kasallik og‘ir, biroq sen birinchi ham, oxirgi ham emassan. Uni yengishga sening kuching yetadi’ dedi”, — deya o‘zining sahifasiga yozadi Aysultan Nazarboyev.

Aysultanning tan olishicha, u bobosi akademik Muxtor Aliyevning o‘limidan, shu bilan birga otasi Raxat Aliyev Avstriyadagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilganidan so‘ng giyohvandlikka ruju qo‘ygan.

“Hayot birinchi bor menga bu qadar kuch bilan ikki marta zarba berdi. Baxtga ko‘milgan Aysultan sayyoradagi eng ezilgan odamga aylanib qoldi. O‘sha vaqtda bu kabi yurakni o‘rtovchi og‘riqni sezmaslik uchun qo‘l-oyoqsiz qolishga ham tayyor edim. Men uchun o‘zimga qarshi kechgan bu jang eng qiyin kurash bo‘ldi: taslim bo‘lish, xotirjamlik va tinchgina o‘lish yoki irodamni to‘plab yashash uchun kurashish va xursandchilikda umr kechirish. Haqiqiy ichki jihod. Yaxshiyamki, yorug‘lik har doim zulmatni yengib chiqadi”, — deb yozadi Aysultan Nazarboyev.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-09-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют