» » Erdo‘g‘on: Yevropa Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi yoki to‘liq to‘xtatishi lozim

Erdo‘g‘on: Yevropa Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi yoki to‘liq to‘xtatishi lozim


Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi muzokaralarning taqdiriga munosabat bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, Yevropa yetakchilari bir qarorga kelishi lozim.

“Yevropa mamlakatlari va Yevroittifoq institutlari Turkiyaga nisbatan samimiy siyosat yuritishini xohlaymiz”, — dedi u.

Erdo‘g‘onning fikricha, yo ushbu muzokaralar davom etishi, yo butunlay to‘xtatilishi lozim, bir qarorga kelolmay arosatda qolish esa ikki tomonga ham manfaat keltirmaydi.

“Germaniya Turkiyaning Yevroittifoq bilan muzokaralariga qarshiligini aytadi, so‘ng butun Yevropa mamlakatlari buni hal qilishi lozim deydi. Tabriklayman, bu qarorni imkon qadar tezroq qabul qiling”, — xulosa qildi Turkiya rahbari.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (6-09-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют