» » Bojxona: oldindan to‘lov, tushumning 50 foizi, taqiqlangan mahsulot eksporti, aksiz solig‘i va farmatsevtika bojlari

Bojxona: oldindan to‘lov, tushumning 50 foizi, taqiqlangan mahsulot eksporti, aksiz solig‘i va farmatsevtika bojlari


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda eksport borasida yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar muhokama etildi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari va sohaga qizg‘in munosabat bildiruvchilar ishtirokida o‘tgan muloqotda qayd etilganidek, 2017-yil 1-iyundan e’tiboran tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni, umumiy summasi 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan shartnomalar asosida, chet el valyutasida oldindan to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijoriy xavflardan sug‘urta polisisiz eksportga chiqarishga ruxsat berildi. Lekin yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1871-sonli Farmoni 2-ilovasida ko‘rsatilgan paxta tolasi va momig‘i, undan yigirilgan ip, ishlov berilmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho metallar, rangli va qora metallar hamda ularning parchalari va chiqindilari bundan mustasno.

Ikkinchidan, ushbu shart asosida eksport qilingan tovarlar bo‘yicha valyuta tushumini ta’minlash muddati 90 kun qilib belgilandi.

Uchinchidan, yuqorida tilga olingan farmonning 4-ilovasida ko‘rsatilgan eksport qilinishi taqiqlangan tovarlar Davlat rahbari yoki hukumat qarorlari asosida eksportga chiqarilishi belgilandi. Bu mahsulotlar sirasiga bug‘doy, javdar, arpa, sholi, makkajo‘xori, marjumak donlari, g‘alla unidan tayyorlangan qandolatchilik mahsulotlari, pechenyelar, suxariklar, qovurilgan burda nonlar va shu yo‘sinda pishirilgan shaxsiy mahsulotlar, un, yorma, hayvon, parranda, go‘sht va kalla-pocha, ichak-chovoqdan tayyorlangan oziq-ovqatlar, qand-shakar, Madaniyat vazirligi xulosasiga ko‘ra, badiiy, tarixiy, ilmiy va madaniy jihatdan muhim ahamiyatga ega deb topilgan qadimgi suratlar, haykaltaroshlik asarlari va boshqalar, o‘simlik yog‘i, terilar (nostandartlari ham), mo‘yna xomashyolari (nostandartlari ham qo‘shiladi), rangli metallar parchalari va chiqindilari, volframli rudalar va konsentratlar, titib eshiladigan ipak qurti pillalari, ipak chiqitlari, chuvashga yaroqsiz pillalar, pilla tolasi chiqitlari va yumshatilgan chiqindilari, polietilentereftalat plyonka chiqindilari, rezgi va qirindilari kiritildi.

1-iyuldan esa tadbirkorlik subyektlariga yangi meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini haqini oldindan 100 foiz to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilish huquqi berildi.

Muhim yangiliklardan biri xo‘jalik subyektlari mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushadigan valyuta mablag‘larining 50 (fevralda miqdor teng yarmigacha qisqartirildi) foizini davlatga sotish sharti bekor qilingani bo‘ldi.

1-sentabrdan e’tiboran esa chetdan keltiriladigan ayrim turdagi tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan aksiz solig‘i hamda bojxona boji stavkalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Masalan, avvallari bug‘doy uni uchun 5 foiz miqdorida aksiz solig‘i undirib kelingan edi, endilikda u bekor qilindi. Bir qator go‘sht mahsulotlari uchun belgilangan bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalari ham sezilarli darajada pasaytirildi. Qahva, uning o‘rnini bosuvchi, tarkibida qahva bo‘lgan barcha turdagi proporsiyalari uchun bu ko‘rsatkich oldin 10 foizni (biroq 1 kg uchun 0,7 AQSh dollaridan kam emas) tashkil qilgan bo‘lsa, hozir 5 foizga (biroq 1 kg uchun 0,3 dollardan oz emas) kamaytirildi. Sariyog‘ mahsuloti uchun belgilangan bojxona boji bekor qilindi. Shakar mahsulotlari uchun belgilangan tovar aksiz solig‘i 10 foizdan 5 foizga tushirildi. Hayvonlar yemishi uchun ishlatiladigan xolin, xlorid ozuqasi, broyler uchun vitamin va minerallar, ozuqa konsentrati, veterinariya sohasiga oid qushlar ozuqasi uchun 70 foiz miqdorida belgilangan aksiz solig‘i ham bundan buyog‘iga undirilmaydi.

Navbatdagi o‘zgarish bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 3001 pozitsiyasidan 3004 pozitsiyasigacha bo‘lgan va 3006 pozitsiyasidagi farmatsevtika mahsulotlari uchun belgilangan bojxona bojlari butunlay bekor qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют